O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi Inson resurslarini rivojlantirish bo'yicha bosh mutaxassisi Ashurova Barno Ne’matovna munosib taqdirlandi.
Barno Ne’matovna ta’lim tizimidagi samarali faoliyati, fidokorona mehnati va soha rivojiga qo‘shib kelayotgan munosib hissasi uchun “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Ushbu yuksak e’tirof bilan Barno Ne’matovnani samimiy muborakbod etamiz! Kelgusidagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, mustahkam sog‘lik va yangi zafarlar tilaymiz.
Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin!
Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: