MUSTAQILLIK BAYRAMI ARAFASIDA YUKSAK E’TIROF

28 Avgust, 2026 4

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori Sobirov Anvar Kuvondikovich yurtimiz taraqqiyoti, ta’lim sohasini rivojlantirish hamda fidokorona mehnatdagi xizmatlari uchun “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

 Ushbu yuksak e’tirof Anvar Kuvondikovichning ta’lim sifatini oshirish, pedagoglarning kasbiy mahoratini yuksaltirish va sohada samarali islohotlarni amalga oshirish yo‘lidagi mehnatlariga berilgan munosib bahodir.

 Jamoamiz nomidan Anvar Kuvondikovichni ushbu munosib mukofot bilan samimiy muborakbod etamiz!

 Kelgusidagi faoliyatlarida ulkan zafarlar, mustahkam sog‘lik va yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!

Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech