Bugun, Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida buyuk jadid ma’rifatparvari Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 151 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tmoqda.
Tadbir doirasida Behbudiy haykali poyiga gul qo‘yish marosimi o‘tkazildi, shuningdek, olim va mutaxassislar tomonidan Behbudiyning jadidchilik faoliyati, tilshunoslikdagi ilmiy merosi hamda Samarqand jadidchilik harakatidagi o‘rni yuzasidan ma’ruzalar taqdim etilmoqda.
Behbudiy avlodlari xotiralari, adabiy-badiiy chiqishlar va “Behbudiyning tanlangan asarlari” kitobi taqdimoti tadbirga alohida mazmun bag‘ishlamoqda.
Tadbir yakunida ishtirokchilar uchun Mahmudxo‘ja Behbudiy uy-muzeyiga ekskursiya tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Ushbu ma’naviy-ma’rifiy anjuman pedagoglar, tinglovchilar va ma’rifat ixlosmandlari uchun katta tarbiyaviy va ilmiy ahamiyat kasb etmoqda.
Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: