Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi ARM va Ijtimoiy va amaliy fanlar o‘qitish metodikasi kafedrasi hamkorligida Maktab kutubxonasi rahbar xodimlari guruhi viloyat axborot-kutubxona markaziga tashrif buyurdi.
Tashrifning asosiy maqsadi yangi metodlar, texnologik dasturiy vositalar va ularni qo‘llash usullari bilan tanishishdan iborat edi.
Viloyat axborot-kutubxona markazi (VAKM) mutaxassislari kutobxona ish jarayonlarini tashkil etishda yangicha yondashuvlar va zamonaviy texnik baza bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.
VAKM viloyatdagi barcha turdagi kutubxonalar uchun uslubiy-metodik markaz sifatida faoliyat yuritadi.
Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: