O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-noyabrdagi PQ-392-sonli
“Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida jismoniy tarbiya fani o‘qitilishini tubdan takomillashtirish hamda ushbu fan o‘qituvchilarining kasbiy faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida seminar tashkil etildi.
Mazkur seminar Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi hamda Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Samarqand filiali hamkorligida o‘tkazildi.
Tadbirda Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Samarqand filiali Sport psixologiyasi, ijtimoiy-gumanitar va tabiiy-ilmiy fanlar kafedrasi mudiri Z.Begimqulov hamda viloyat Pedagogik mahorat markazi Metodik xizmat ko'rsatish bo'limi jismoniy tarbiya va chaqiruvga qadar boshlang'ich tayyorgarlik fanlari metodisti N.Pardayev hamda Samarqand shahar 24-umumta'lim maktabi jismoniy tarbiya fani o'qituvchisi Y.Buriyevalar
tomonidan jismoniy tarbiya fanidagi yangiliklar, sertifikatlash tizimi va kasbiy rivojlanish mexanizmlari yuzasidan ma’lumotlar berildi.