Ma’rifat yo‘lida tarix bilan uchrashuv

14 Mart, 2026 9

Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazining Ona tili 3-guruh tinglovchilari uchun ma’naviy-ma’rifiy ekskursiya tashkil etildi.

Tinglovchilar Samarqand shahrida joylashgan Behbudiy uy-muzeyiga tashrif buyurib, jadidchilik harakatining yirik namoyandasi, ma’rifatparvar Mahmudxo‘ja Behbudiy hayoti va faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

 Muzeydagi tarixiy eksponatlar, qo‘lyozmalar va ma’lumotlar tinglovchilarda katta taassurot qoldirdi hamda milliy ma’rifat tarixiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi.

Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar pedagoglarning tarixiy merosga hurmatini mustahkamlash va ma’rifiy qarashlarini boyitishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi faoliyatini ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech