Markaz direktori Anvar Sobirov tashabbusi bilan ochiq kutubxonaga kitoblar sovg‘a qilindi

17 Iyun, 2026 14

Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori Anvar Sobirov tashabbusi bilan markazda faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar tomonidan ochiq kutubxona fondini boyitish maqsadida kitoblar sovg‘a qilindi.

Mazkur ezgu tashabbus doirasida badiiy, ilmiy, ma’rifiy va metodik adabiyotlar ochiq kutubxonaga topshirilib, tinglovchilar hamda kitobsevarlar uchun yana-da kengroq mutolaa imkoniyatlari yaratildi.

Tadbirning asosiy maqsadi kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, mutolaa an’analarini keng targ‘ib etish hamda pedagoglar va tinglovchilar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy muhitni yanada mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

📖 Kitobga bo‘lgan e’tibor — ma’rifatga, kelajakka va komil avlod tarbiyasiga qaratilgan eng muhim sarmoyadir.

Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech