Matematika darsi tahlil etildi

15 Oktyabr, 2025 31

2025-yil 14-oktabr, 1-juftlikda “Markazning jamoat nazorati guruhi” a’zosi, professor Pirnazar Ziyatovich Davronov tomonidan Matematika yo‘nalishi 101-guruhidagi amaliy dars jarayoni kuzatildi.

Darsni Xurshid Ismatovich Xaydarov olib bordi. O‘qituvchining darsga tayyorgarligi yuqori darajada baholandi – taqdimot va tarqatma materiallar sifatli tayyorlangan, jurnal yuritilishi to‘g‘ri olib borilgan.

 26 nafar tinglovchi 5 ta kichik guruhga bo‘linib, mustaqil ishlashga yo‘naltirildi.

Mavzu: “Hayotiy masalalar orqali matematikani o‘rganish”

 Tinglovchilar darsdan mamnun ekanliklarini bildirishdi. Maktabdagi darslar sifatini oshirishga xizmat qiluvchi, interaktiv va samarali dars bo‘ldi.

Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech