Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida “Filologik ta’lim — etimologik ta’limdir!” mavzusida filologiya fanlari doktori, professor, tilshunos olim va metodist Mirzayev Ibodullo Kamolovich bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
📚Tadbirni Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori Anvar Sobirov kirish so‘zi bilan ochib berdi. U o‘z nutqida filologik ta’limning bugungi kundagi ahamiyati, tahliliy o‘qishning ona tili va adabiyot o‘qituvchilarini tayyorlashdagi muhim o‘rni hamda bunday ilmiy-ijodiy uchrashuvlarning pedagoglar uchun katta amaliy ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.
⌛Shundan so‘ng filologiya fanlari doktori, professor, tilshunos olim va metodist Mirzayev Ibodullo Kamolovich “Tahliliy o‘qish — to‘laqonli filolog tayyorlashning birlamchi vositasi” mavzusida mazmunli ma’ruza qildi.
Uchrashuv davomida filologik ta’limning etimologik mohiyati, filologiya fanining tarixi, buguni va istiqboli, tahliliy o‘qishning matnni chuqur anglashdagi o‘rni hamda ona tili va adabiyot o‘qituvchilarini tayyorlashdagi ahamiyati atroflicha tahlil qilindi.
✔️Tadbir jonli muloqot, savol-javoblar va ilmiy ilhomga boy muhitda o‘tdi. Ishtirokchilar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar oldilar.
✨ Mazkur ijodiy uchrashuv pedagog-o‘qituvchilar uchun muhim tajriba almashish maydoniga aylandi.
👀Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: