Bugun Ishtixon tumani “Xalqobod” MFYda Maktabgacha ta’limni muvofiqlashtirish bo‘limi xodimlari tomonidan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglari uchun mobil malaka oshirish kursi tashkil etildi.
Seminar davomida “Ilk qadam” milliy o‘quv dasturining 3-nashridagi muhim o‘zgarish va yangiliklar haqida tarbiyachilarga batafsil ma’lumotlar berildi.
✨ “Ilk qadam”ning yangi nashri — bu shunchaki yangilanish emas, balki bolalar dunyosiga yangicha nigoh bilan qarashdir!
Dasturdagi o‘zgarishlar:
🔹 tarbiyachilar ishini yengillashtirish,
🔹 kreativ yondashuvni rivojlantirish,
🔹 ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.
Shuningdek, nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglari uchun tashkil etilayotgan mobil malaka oshirish kurslari barcha pedagoglarni bir maqsad — sifatli ta’lim yo‘lida birlashtirmoqda.