Mustaqillikning 35 yilligi “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida nishonlanadi

8 Iyul, 2026 0

Prezidentning 2026-yil 1-apreldagi PQ–120-son qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi yurtimiz bo‘ylab keng nishonlanadi.

📘 2026-yil 1-avgustga qadar barcha sohalardagi islohotlar va erishilgan yutuqlarni aks ettiruvchi “Mustaqillik zafarnomasi” maxsus kitob-albomi tayyorlanadi.

📱 Ijtimoiy tarmoqlarda #Mustaqillik35 va #Uzb35 xeshteglari ostida targ‘ibot aksiyalari o‘tkaziladi.

🎥 “35 yillik Istiqlol yilnomasi” rukni doirasida mustaqillik yillaridagi tarixiy taraqqiyot va bunyodkorlik ishlarini yorituvchi hujjatli filmlar hamda ko‘rsatuvlar efirga uzatiladi.

🌍 Avgust–sentyabr oylarida xorijdagi vatandoshlar va o‘zbek diasporasi vakillari ishtirokida “Mustaqil O‘zbekiston – g‘ururim, iftixorim” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etiladi.

🇺🇿 Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Powered by GSpeech