Muzeylar — milliy meros va ma’naviyat maskani

18 May, 2026 13

Xalqaro muzeylar kuni munosabati bilan Mahmudxo‘ja Behbudiy uy muzeyida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori Anvar Sobirov ma’ruza qilib, muzeylarning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni, milliy qadriyatlarni targ‘ib etish hamda tarixiy merosni asrab-avaylashdagi ahamiyati haqida fikr bildirdi.

Shuningdek, jadid ma’rifatparvari Mahmudxo‘ja Behbudiy hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan yangi ekspozitsiya namoyish etildi. Ishtirokchilar muzeydagi tarixiy eksponatlar va noyob manbalar bilan yaqindan tanishdilar.

✅ Tadbir yoshlarni vatanparvarlik, milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qildi.

Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech