Samarqand shahridagi Alisher Navoiy nomidagi markaziy istirohat bog‘i tong sahardan davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, professor-o‘qituvchilar, yozuvchi va shoirlar, talabalar hamda o‘quvchilar bilan gavjum bo‘ldi.
Bog‘ markazida o‘rnatilgan Hazrat Alisher Navoiy haykali poyida buyuk mutafakkir tavalludining 585 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda Navoiy hayoti, uning boy adabiy-madaniy merosi hamda bugungi kunda yoshlar tarbiyasidagi beqiyos o‘rni haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
Ta’kidlanganidek, Hazrat Navoiy asarlari dunyo xalqlarining bebaho ma’naviy merosiga aylangan bo‘lib, bu sana nafaqat yurtimizda, balki dunyoning ko‘plab davlatlarida keng nishonlanmoqda. Tadbir davomida Navoiy g‘azal va ruboiylaridan namunalar o‘qildi.
Tadbir ishtirokchilari buyuk mutafakkir haykali poyiga gulchambarlar qo‘ydilar. Shuningdek, Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi jamoasi nomidan ham guldasta qo‘yildi.
Mazkur tadbirda viloyat hokimining o‘rinbosari Rustam Qobilov ishtirok etdi.
Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: