O'QITUVCHI - JAMIYAT TARAQQIYOTINING BOSH MEZONI

25 Sentyabr, 2025 20

Samarqand viloyat Pedagogika Mahorat markaz Tarix va musiqa fani tinglovchilari va ARM tomonidan "1-oktabr - O'qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan “O‘qituvchi – jamiyat taraqqiyotining bosh mezoni” nomli bayram tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda ustoz va muallimlar mehnatlari beqiyos ekanligi ta’kidlanib, ustozlarga hurmat va ehtirom ila chuqur minnatdorchilik bildirildi.

Shuningdek musiqa va tarix guruhi tinglovchilari tomonidan tayyorlangan ajoyib kuy-qo‘shiqlar, raqs va sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

Tadbir so‘ngida faol ishtirokchilar Axborot-resurs markazi tomonidan kitob jamlanmalari bilan taqdirlandi.

Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech