Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori Anvar Sobirov oktabr oyida malaka oshirish kurslarida ishtirok etayotgan tinglovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida bir oy davomida olib borilayotgan dars mashg‘ulotlari, yakuniy attestatsiya sinovlariga tayyorgarlik jarayoni sifat darajasi muhokama qilindi.
Tadbirning asosiy maqsadi — PQ–231-sonli qaror ijrosi doirasida joriy etilgan yangicha malaka oshirish tizimining yutuq va kamchiliklarini o‘rganish, o‘qituvchilarning fikr va takliflarini tinglashdan iborat bo‘ldi.
Suhbat jarayonida tinglovchilar yangi tizimdagi interfaol uslublar, amaliy mashg‘ulotlarning samaradorligi hamda o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyasini oshirishga xizmat qilayotgan yangiliklar haqida o'z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi Axborot xizmati
Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: