Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori Anvar Sobirov Xitoyda bo‘lib o‘tgan seminarda O‘zbekistondagi ta’lim tizimi va o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishi mavzusida ma’ruza bilan ishtirok etdi. Tadbir UNESCOning o‘qituvchilarni tayyorlash bo‘yicha ta’lim markazi tashabbusi bilan tashkil etilib, uning asosiy e’tibori o‘qituvchilar uchun uzluksiz kasbiy rivojlanish tizimini shakllantirish, xalqaro tajribalarni o‘zaro almashish va ilg‘or yutuqlarni ommalashtirishga qaratildi.
Ma’ruza davomida A. Sobirov o‘qituvchi ta’lim jarayonining muhim ishtirokchisi va tashkilotchisi ekanini ta’kidladi. Uning qayd etishicha, o‘qituvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, iqtisodiy va ma’naviy rag‘batlar ularning samarali faoliyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Direktor, shuningdek, Prezident Shavkat Mirziyoyevning “O‘zbekistonda eng obro‘li kasb — o‘qituvchilik” degan fikrini eslab, davlat tomonidan pedagoglar nufuzini oshirish, ularning kasbiy salohiyatini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berdi.
Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: