PEDAGOGIK MAHORAT MARKAZIDA KITOB YARMARKASI OʻTKAZILMOQDA

23 Sentyabr, 2025 41

Samarqand viloyati pedagogik mahorat markazida professor-o'qituvchilar, xodimlar va tinglovchilar uchun kitob yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.

Kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida o‘tkazilgan ushbu tadbir badiiy va ommabop adabiyotlarga boy bo'ldi.

- "Kitob - insonning eng yaxshi doʻsti, u kishini fikrlashga undaydi, tafakkur manbaini kengaytirishda muhim oʻrin tutadi", - deydi ARM bosh mutaxassisi Z.Norquvvatova.

 Kitob yarmarkalari kitoblarning keng tarqalishini, yangi nashrlarni tanitish imkoniyatini yaratadi.

Tinglovchilarni kitob o‘qishga qiziqtirish maqsadida Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari kafedrasi boshlang'ich ta'lim guruh tinglovchilari O‘zbekiston xalq yozuvchilari Odil Yoqubov va adib Abdulla Qodiriylarning asarlari taqdimotini oʻtkazishdi.

Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech