Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori Anvar Sobirov tashabbusi bilan markazda milliy qadriyatlarimiz va fayzli kuz ne’matlarini tarannum etuvchi “Uzum sayli” tashkil etildi.
-Tadbir davomida turli navdagi uzumlar ko‘rgazmasi namoyish etilib, ishtirokchilarga Samarqand vohasining serhosil bog‘lari mahsulotlari taqdim etildi. Sayl jamoa a’zolarining o‘zaro hamjihatligi, do‘stona muhit va milliy an’analarimizga bo‘lgan hurmatini yanada mustahkamlaydi, - deydi markaz rahbari Anvar Sobirov
Mazkur tadbir nafaqat kuz faslining mo‘l-ko‘l ne’matlaridan bahramand bo‘lish, balki pedagoglar o‘rtasida samimiy muloqot va ko‘tarinki kayfiyatni qaror toptirishga xizmat qildi.
Milliy qadriyatlar e’zozlangan, birlik va hamjihatlik mujassam bo‘lgan “Uzum sayli” barchada unutilmas taassurot qoldirdi.
Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: