Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida direktor Anvar Sobirov ishtirokida pedagoglar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Muloqot davomida ta’lim jarayonini yanada samarali tashkil etish, tinglovchilarning huquq va majburiyatlari, kurs tartib-intizomiga rioya qilish hamda markazdagi ichki tartib-qoidalar yuzasidan muhim fikr va tavsiyalar bildirildi.
Tadbirda direktor o‘rinbosarlari Jasur Abdurahmonov va Sarvar Murodov tomonidan kurs tartibi, ichki intizom va belgilangan qoidalarga rioya etish masalalari bo‘yicha ma’ruzalar qilindi.
Shuningdek, markaz yuriskonsulti Ibrohim Doniyorov tomonidan “Ta’lim korrupsiyadan xoli” mavzusida ma’ruza o‘tkazilib, korrupsiyaning oldini olish, halollik va qonuniylik tamoyillariga qat’iy amal qilishning ahamiyati tushuntirildi.
Ochiq muloqot yakunida pedagoglarning fikr va takliflari tinglanib, ularni qiziqtirgan savollarga mas’ullar tomonidan tegishli javoblar berildi.
Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: