PEDAGOGLAR MALAKASINI OSHIRISHDA YANGI YONDASHUVLAR

5 Noyabr, 2025 16

Bugun Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida yangi tizim asosida tashkil etilgan malaka oshirish kurslari doirasida noyabr oyiga mo‘ljallangan dars mashg‘ulotlari davom etmoqda.

Mashg‘ulotlar jarayonida o‘qituvchilar zamonaviy pedagogik texnologiyalar, innovatsion metodlar va interfaol yondashuvlar orqali ta’lim jarayonini samarali tashkil etish bo‘yicha o‘z bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashmoqda.

Tinglovchilar o‘zaro tajriba almashish, ijodiy fikrlashni rivojlantiruvchi amaliy mashg‘ulotlarda faol ishtirok etish orqali o‘z kasbiy salohiyatini yanada oshirmoqda.

Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech