Pedagogik mahorat markazida 2025-yil yakunlari sarhisob qilinib, 2026-yil uchun istiqbolli rejalar belgilandi

26 Dekabr, 2025 13

Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida direktor Anvar Sobirov raisligida hududiy markaz bo‘limlarining 2025-yil davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda yil davomida bajarilgan ishlar, erishilgan natijalar, mavjud muammolar hamda ularning yechimlari atroflicha muhokama qilindi.
Yig‘ilish davomida pedagog kadrlarning kasbiy kompetensiyalarini oshirish, zamonaviy ta’lim metodlarini joriy etish, raqamli texnologiyalar asosida o‘qitish samaradorligini kuchaytirish borasida amalga oshirilgan ishlar alohida tahlil qilindi. Xususan, malaka oshirish kurslari sifati, trener-o‘qituvchilarning ilmiy-uslubiy faoliyati, innovatsion loyihalardagi ishtirok hamda hududiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik darajasi muhim mezon sifatida baholandi.
 Markaz direktori Anvar Sobirov bo‘limlar faoliyatida tizimlilik va natijadorlikni yanada kuchaytirish zarurligini ta’kidlab, aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha aniq topshiriqlar berdi hamda mas’ullarni belgiladi.
 Yig‘ilishning muhim qismi 2026-yil uchun istiqbolli rejalarni belgilashga bag‘ishlandi. Unda pedagogik mahoratni rivojlantirishda xalqaro tajribalarni joriy etish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini faollashtirish, raqamli ta’lim resurslarini kengaytirish hamda hududiy ehtiyojlardan kelib chiqqan holda yangi o‘quv dasturlarini ishlab chiqish ustuvor vazifa sifatida belgilandi.
Yakunda 2026-yilda bo‘limlar faoliyatini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan aniq strategik yo‘nalishlar belgilab berildi.

Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech