Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida ijtimoiy fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda Axborot-resurs markazi (ARM) hamkorligida tonggi tadbir o‘tkazildi.
Tadbir sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, jamoada ijobiy muhitni mustahkamlash va ish kunini ko‘tarinki ruhda boshlash maqsadida tashkil etildi.
Unda markazning professor-o‘qituvchilari va xodimlari faol ishtirok etdilar.
Bunday tashabbuslar jamoaning jipslashuvi va samarali mehnat muhitini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: