Pedagogik mahorat markazi direktori fevral oyi malaka oshirish kursi tinglovchilarining yakuniy attestatsiya jarayonlari bilan tanishdi

24 Fevral, 2026 8

Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida fevral oyida tashkil etilgan 100 soatlik malaka oshirish kursi tinglovchilari yakuniy attestatsiya sinovlaridan o‘tmoqda.

Jarayonlarda Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori Anvar Sobirov ishtirok etib, tinglovchilarning taqdimotlari bilan yaqindan tanishdi. U o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi, faol ishlayotgan o‘qituvchilarning yutuqlarini qayd etdi va tavsiyalar berdi.

Yakuniy attestatsiya jarayonida o‘qituvchilarning kurs davomida egallagan bilim va ko‘nikmalari test topshiriqlari, loyiha ishlari hamda mikrodars taqdimotlari orqali baholanmoqda. Tinglovchilar o‘zlari tanlagan mavzular asosida mustaqil ishlash, zamonaviy pedagogik yondashuvlarni amaliyotda qo‘llash bo‘yicha mahoratlarini namoyish etmoqdalar.

Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech