Pedagoglar bilan ochiq muloqot va dolzarb mavzularda uchrashuv o‘tkazildi

7 May, 2026 32

Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida may oyidagi malaka oshirish kurslari tinglovchilari ishtirokida rahbariyat bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Unda markaz direktori Anvar Sobirov pedagoglar bilan bevosita suhbat olib bordi.

 Tadbir davomida ta’lim tizimidagi islohotlar, pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish, zamonaviy ta’lim metodlarini amaliyotga joriy etish hamda innovatsion pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.

 Shuningdek, uchrashuvda korrupsiyaga qarshi kurashish, jamiyatda halollik va shaffoflik muhitini mustahkamlash, odam savdosining oldini olish va bu boradagi ogohlikni oshirish mavzularida ham ma’ruzalar qilindi. Mutaxassislar tomonidan tinglovchilarga mazkur yo‘nalishlarda muhim tushuntirish va tavsiyalar berildi.

 Muloqot jarayonida tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, taklif va mulohazalarini erkin bildirib, barcha murojaatlar yuzasidan tegishli javoblar qaytarildi.

 Tadbir yakunida bunday ochiq muloqotlar pedagoglarning kasbiy rivoji, huquqiy savodxonligini oshirish hamda tajriba almashishida muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech