Pedagoglarimiz Qozonda xorijiy amaliyotni muvaffaqiyatli o‘tab qaytdilar

18 Fevral, 2026 4

Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi o‘qituvchilari D. Sayipova va J. Oripov xorijiy amaliyot dasturi doirasida Kazan Federal Universityning Institute of Psychology and Educationda faoliyat olib bordilar.

Amaliyot jarayonida ustozlar institut talabalari uchun o‘z fanlari doirasida mazmunli va interaktiv mashg‘ulotlar tashkil etdilar. Shuningdek, institutning maxsus studiyasida videodarslar tayyorlab, zamonaviy ta’lim texnologiyalari asosida tajriba almashdilar.

Xorijiy amaliyot yakunida o‘qituvchilarimiz sertifikat va guvohnomalar, shuningdek, institutda mashg‘ulot olib borganliklari to‘g‘risidagi rasmiy ma’lumotnomalarni qo‘lga kiritdilar.

Mazkur amaliyot pedagoglarimizning kasbiy salohiyatini yanada oshirish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash hamda ilg‘or tajribalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech