Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori Anvar Sobirov pedagoglarning uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimi doirasida Samarqand shahar 4-maktab hamda Pastdarg‘om tumani
82-maktabda bo‘lib, kasbiy rivojlanish kuni va soati (KRK va KRS) tadbirlarini o‘rgandi.
Tashrif davomida mentor va yetakchi o‘qituvchilarga mazkur tadbirlarning maqsadi, vazifasi hamda mazmuni bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, KRK va KRS jarayonlarda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish hamda kelgusida samaradorlikni oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.
Tadbirlarning asosiy maqsadi – pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish, ta’lim sifatini yaxshilash hamda ilg‘or tajribalarni ommalashtirishdan iboratdir.
👀Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: