Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida Samarqand xalqaro texnologiya universiteti Yoshlar masalalari ma'naviy va ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektor, professori, pedagogika fanlari doktori Ibragimov Aʼlamjon Amrilloyevich bilan “Pedagoglarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish: zarurati, zamonaviy trendlari, kasbiy refleksiya, davlat, jamiyat va subyektiv kutilmalari” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirni Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori Anvar Sobirov kirish so‘zi bilan ochib berdi. U o‘z nutqida pedagoglarning kasbiy mahoratini muntazam oshirib borish bugungi ta’lim tizimining eng muhim vazifalaridan biri ekanini ta’kidladi.
Uchrashuv davomida Aʼlamjon Ibragimov zamonaviy ta’lim jarayonida pedagoglarning uzluksiz kasbiy rivojlanishi zarurati, xalqaro tajribalar, innovatsion yondashuvlar hamda kasbiy refleksiyaning ahamiyati haqida atroflicha ma’ruza qildi. Shuningdek, davlat va jamiyat tomonidan pedagog shaxsiga qo‘yilayotgan talablar, shaxsiy kasbiy o‘sish va o‘zini rivojlantirish omillari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar hamda mavzu yuzasidan fikr almashdilar. Uchrashuv pedagoglarning kasbiy kompetensiyalarini yanada rivojlantirishga xizmat qiluvchi samarali muloqot maydoniga aylandi.
Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: