Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida “Pedagogik faoliyatda davlat tilining imlo qoidalariga rioya qilish” mavzusida qisqa muddatli o‘quv kursi o‘z ishini boshladi.
Mashg‘ulotlarni Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri, v.b. dotsent Dilafruz Sayipova olib bormoqda.
Kurs davomida:
“Davlat tili haqida”gi qonunning mazmun-mohiyati
O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari
To‘g‘ri yozishda diktantning ahamiyati.
Shuningdek, biologiya fani metodisti Taxmina Zaynizoda tomonidan zamonaviy ta’lim texnologiyalari bo‘yicha:
Padlet, Wordwall, Topqir.uz
Canva, Gamma
Google Classroom.
Fizika fanidan katta o‘qituvchi Quchqor Sherxolov tomonidan murakkab masalalarni yechish uslubiyatiga bag‘ishlangan kurslar ham yo‘lga qo‘yildi.
Mazkur kurslar pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirishga xizmat qiladi.
Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: