Qisqa muddatli o‘quv kurslari muvaffaqiyatli yakunlandi

26 May, 2026 18

Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida pedagoglarning kasbiy kompetensiyalarini oshirishga qaratilgan bir qator qisqa muddatli o‘quv kurslari yakunlandi.

Jumladan:
🔹 “Fanlarni o‘qitishda zamonaviy raqamli texnologiyalar va interaktiv platformalardan foydalanish”
🔹 “Pedagogik faoliyatda davlat tilining imlo qoidalariga rioya qilish”
🔹 “Kasb-hunarga yo‘naltirish va ko‘maklashish usullari”
🔹 “Matematikada amaliy mashg‘ulotlar va PISA tadqiqotlari”
mavzularidagi qisqa muddatli o‘quv kurslari tinglovchilari mashg‘ulotlarni muvaffaqiyatli tamomladilar.

Mazkur kurslar davomida tinglovchilar zamonaviy pedagogik yondashuvlar, innovatsion texnologiyalar, interaktiv metodlar hamda amaliy ko‘nikmalar bo‘yicha o‘z bilim va tajribalarini yanada mustahkamlash imkoniga ega bo‘ldilar.
Kurs yakunida faol ishtirok etgan tinglovchilarga minnatdorlik bildirilib, ularning kelgusidagi pedagogik faoliyatiga muvaffaqiyat tilandi.

📌 Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi axborot xizmati.

Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech