Rahbarning pedagoglar bilan ochiq muloqoti o‘tkazildi

4 May, 2026 2

Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida rahbariyat va tinglovchilar o‘rtasida ochiq muloqot tashkil etildi. Unda markaz direktori Anvar Sobirov joriy yil may oyida malaka oshirish kurslarida ishtirok etayotgan pedagoglar bilan bevosita suhbatlashdi.

Ochiq muloqot davomida ta’lim tizimidagi islohotlar, pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish, zamonaviy ta’lim metodlarini amaliyotga joriy etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, o‘quv jarayonini yanada samarali tashkil etish, innovatsion yondashuvlar va yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish yuzasidan muhim fikr va takliflar bildirildi.

Tadbirda direktor o‘rinbosarlari hamda tegishli mas’ul xodimlar ham ishtirok etib, o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha ma’ruzalar bilan chiqish qildi. Ma’ruzalar davomida tinglovchilarga ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar berildi.

Muloqot jarayonida tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, taklif va mulohazalarini erkin bayon etish imkoniga ega bo‘ldi. Har bir murojaat atroflicha ko‘rib chiqilib, tegishli tushuntirishlar berildi.

 Tadbir yakunida bunday ochiq muloqotlar pedagoglar uchun tajriba almashish, o‘z ustida ishlash va kasbiy rivojlanish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech