Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi katta o‘qituvchilari Raimkulova I. va Yakubjanova M. tashabbusi bilan “Rus tili bilimdonlari” intellektual bellashuvi tashkil etildi.
Bellashuv davomida ishtirokchilar o‘z bilim va tafakkurlarini turli shartlar asosida sinovdan o‘tkazdilar.
Jumladan:
🔹 Tanishuv
🔹 Maqollarni topish
🔹 Ertak qahramonlarining tarjimai holi
🔹 Sardorlar bellashuvi
🔹 Erkin mavzu
Tanlov jarayonida qatnashchilar rus tilida erkin nutq so‘zlash, adabiyotga oid bilimlarini namoyon etish, matnlarni tahlil qilish hamda murakkab savollarga to‘g‘ri javob berish orqali o‘z salohiyatlarini ko‘rsatdilar. Shu bilan birga, ular yangi g‘oyalar olish, fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish imkoniga ega bo‘ldilar.
Mazkur tanlov ustozlar uchun ham o‘zaro tajriba almashish, muloqot qilish va mustahkam hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Tadbir davomida tinglovchilar tomonidan she’rxonlik chiqishlari, kuy-qo‘shiqlar, erkin fikr almashuvlar hamda qiziqarli interaktiv topshiriqlar tashkil etilib, bellashuvga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishlandi.
Bellashuv yuqori saviyada, adolatli va shaffof tarzda o‘tkazilib, eng bilimdon jamoalar aniqlanib, g‘oliblar munosib rag‘batlantirildi.
Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: