Rus tili tinglovchilari loyiha ishlarini himoya qildi va “Ochiq kutubxona”ga kitoblar sovg‘a qilindi

19 Dekabr, 2025 20

Samarqand viloyati pedagogik mahorat markazi Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi rus tili 2-guruh tinglovchilarining loyiha ishlarini himoya qilish jarayoni bo‘lib o‘tdi. Tadbirda markaz Axborot-resurs markazi (ARM) mudiri Z. Norquvvatova ishtirok etdi.

Rus tili guruhlarida o‘qish savodxonligini oshirish maqsadida malaka oshirish kurslari davomida badiiy kitob o‘qib, taqdimot qilish an’anaga aylangani ta’kidlandi.

Shuningdek, kafedraning katta o‘qituvchisi M. Yakubjanova rus tili 2-guruh tinglovchilari bilan birgalikda “Ochiq kutubxona” loyihasi doirasida hududiy markaz ochiq kutubxonasiga badiiy adabiyotlardan iborat kitoblar to‘plamini sovg‘a qildi.

Powered by GSpeech