2025-yil 10–11-sentabr kunlari Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tashabbusi bilan “Ishonch 2030 – O‘zbekistonda ta’limni rag‘batlantirish: AKT va raqamli ta’limdan foydalanish orqali sifatli va inklyuziv ta’lim natijalarini ta’minlash” loyihasi doirasida ikki kunlik seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda Samarqand, Buxoro, Navoiy viloyatlaridagi pilot maktablar rahbar va o‘qituvchilari ishtirok etdi. Tadbirda xorijiy mutaxassislar hamda master-trenerlar tomonidan amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.
Mazkur seminar ishtirokchilarning kasbiy salohiyatini oshirish, o‘quv jarayoniga raqamli texnologiyalarni samarali tatbiq etish hamda inklyuziv ta’lim tamoyillarini keng yoyishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Seminar qatnashchilari yangi bilim va ko‘nikmalar bilan ta’lim sifatini yanada rivojlantirish yo‘lida faoliyatlarini davom ettiradilar.