2025–2026-o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarini samarali tashkil etish maqsadida 2025-yil 9–11-sentabr kunlari A.Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutida master-trenerlar uchun qisqa muddatli o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025-yil 30-iyundagi 216-son buyrug‘i asosida mentor-o‘qituvchilarni xalqaro dasturlar asosida tayyorlash vazifasi belgilangan.
Bugun, Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida mentor-o‘qituvchilar uchun amaliy mashg‘ulotlarga start berildi. Tadbirda viloyat Hududiy markaz direktori Anvar Sobirov kirish so'zi bilan ochib, o'quv kurslarning ahamiyati va maqsadlari haqida so‘z yuritdi.
Eslatib o'tamiz mazkur o‘quv mashg‘ulotlari fanlar kesimida joriy yil 25-sentabrga qadar davom etadi.
Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: