SAMARQANDDA MENTOR-O‘QITUVCHILAR UCHUN TRENING BOSHLANDI

28 Sentyabr, 2026 4

Samarqand viloyati mentor-o‘qituvchilari uchun “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” treninglari boshlandi.

Tadbirni Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori Anvar Sobirov kirish so‘zi bilan ochib, treningning maqsad va vazifalariga to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Roziq Fayziyev so‘zga chiqib, trening ishtirokchilariga muvaffaqiyat tiladi.
Treningning birinchi kunida mentor-o‘qituvchilar fanlar kesimida zamonaviy metodik yondashuvlarga asoslangan amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.



Dasturdan pedagogik refleksiya, UDL, SEL, sun’iy intellektdan foydalanishning etik va huquqiy asoslari, PISA va TIMSS, raqamli va virtual laboratoriyalar, kommunikativ kompetensiyalar, shuningdek, yangi o‘quv dasturlari va darsliklarini amaliyotga tatbiq etish kabi yo‘nalishlar o‘rin olgan.

 Treningning asosiy maqsadi — mentor-o‘qituvchilarning zamonaviy metodik kompetensiyalarini rivojlantirish, ilg‘or pedagogik yondashuvlarni o‘zlashtirish va ta’lim amaliyotiga samarali tatbiq etish.

 Trening 28–30-sentabr kunlari davom etadi.

Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech