SAMARQANDDA XALQARO SAN’AT FESTIVALI DOIRASIDA SEMINAR BO‘LIB O‘TDI

14 Aprel, 2026 21

Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida an’anaviy “Tasviriy va amaliy san’at” xalqaro festivali doirasida o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.

Tadbirni markaz direktori Anvar Sobirov kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Seminarda Samarqand viloyati Rassomlar uyushmasi direktori A. Isayev hamda Samarqand davlat pedagogika institutining aniq va amaliy fanlar fakulteti kafedra mudiri G. Mahkamova ishtirok etib, o‘z ma’ruzalari bilan qatnashdilar.

Tadbir doirasida tanlovlar o‘tkazildi hamda suhbat va muhokamalar shaklida seminar mashg‘ulotlari tashkil etildi.

 Ishtirokchilar o‘zaro fikr almashib, tajribalarini boyitdilar.

Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech