SAMARQAND — QADRIYATLAR, GO‘ZALLIK VA EZGULIK MASKANI!

16 Oktyabr, 2026 7

Samarqand kuni munosabati bilan Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida ko‘tarinki ruhda tonggi ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

 Tadbir Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus metodika kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan tashkil etilib, unda qadimiy va hamisha navqiron Samarqandning boy tarixi, betakror madaniy merosi, milliy qadriyatlari hamda bugungi taraqqiyoti o‘z ifodasini topdi.

 Bunday tadbirlar jamoada hamjihatlikni mustahkamlash, ona Vatanga muhabbat va ona zaminga daxldorlik tuyg‘usini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.

Samarqand — ko‘hna tarix, bugungi bunyodkorlik va porloq kelajak timsoli!

Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi axborot xizmati

Powered by GSpeech