Bugun Samarqand viloyati pedagogik mahorat markazi Informatika va axborot texnologiyalari fani guruhi tinglovchilari Samarqand viloyati kasbiy ko‘nikmalar mintaqaviy markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Tashrif davomida tinglovchilar o‘z bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida zamonaviy web-dasturlash, kompyuter grafikasi, shuningdek, sohada qo‘llanilayotgan asbob-uskunalar va texnik jihozlardan amaliy foydalanish jarayonlarini kuzatib, tajribalarini boyitdilar.
Pedagogik mahorat markazi tinglovchilari malaka oshirish jarayonida olgan nazariy hamda amaliy bilimlarini real ish jarayonida qanday qo‘llash mumkinligi yuzasidan o‘zaro tajriba almashdilar.
Markazda yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishib, turli kasblar bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.
Mazkur tashrif tinglovchilar uchun nafaqat kasbiy mahoratni oshirish, balki zamonaviy ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini amalda ko‘rish imkonini ham berdi.
Samarqand viloyati pedagogik mahorat markazi axborot xizmati.