SENTABR OYI MALAKA OSHIRISH KURSI TINGLOVCHILARIGA SERTIFIKATLARNI TOPSHIRISH TADBIRLARI TASHKIL QILINDI

29 Sentyabr, 2025 4

Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida zamonaviy ta’lim usullari va innovatsion yondashuvlar bo‘yicha chuqur bilim va ko‘nikmalarni egallagan, tajriba almashish va amaliy mashg‘ulotlar orqali o‘z professional salohiyatlarini oshirgan tinglovchilarga SERTIFIKATLAR topshirildi.

⌛Sentabr oyidagi kurs davomida oʻquv-mashgʻulotlarida zamonaviy ta’lim usullari va innovatsion yondashuvlar asosida yaratilgan loyiha ishlarida “ENG YAXSHI LOYIHA ISHI TAQDIMOTI”, "KELAJAK O‘QITUVCHISI" tanlovida g‘olib bo‘lgan o'qituvchilar Hududiy markaz direktori o'rinbosari Yulduz Ne'matjonova tomonidan sertifikatlar bilan tantanali taqdirlandi.

Shundan so‘ng o‘tkazilgan tantanali marosimda tadbir ishtirokchilarini kasb bayrami bilan tabriklab, ularning mehnatini e’tirof etdi.
– Sizlar ushbu mas’uliyatli va sharafli kasbdagi sof niyat va halol mehnatingiz har qancha e’tirofga loyiqdir, – dedi Hududiy markaz direktori o'rinbosari Yulduz Ne'matjonova

👀Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech