SERTIFIKATLAR TOPSHIRILDI: YANGI YUTUQLAR SARI QADAM

30 Mart, 2026 15

Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli yakunlagan tinglovchilar uchun tantanali marosim tashkil etildi.

 Tadbir davomida markaz direktori Anvar Sobirov so‘zga chiqib, tinglovchilarning izlanishlari, faolligi va o‘z ustida ishlashdagi intilishini alohida ta’kidladi.

 O‘quv jarayonida ishtirokchilar zamonaviy pedagogik yondashuvlar, innovatsion metodlar hamda amaliy mashg‘ulotlar orqali o‘z bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashdi.

 Kurs yakunida tayyorlangan loyiha ishlari orasidan eng saralari tanlab olinib, “Eng yaxshi loyiha ishi taqdimoti” nominatsiyasi g‘oliblari taqdirlandi.

Bundan tashqari, “Kelajak o‘qituvchisi” tanlovida yuqori natijalarga erishgan ishtirokchilar ham e’tibordan chetda qolmadi.

Marosim davomida barcha tinglovchilarning erishgan natijalari e’tirof etilib, ularning kelgusi faoliyatida yanada katta yutuqlarga erishishiga ishonch bildirildi.

 Tadbir bayramona ruhda o‘tib, Samarqand davlat pedagogika instituti “Xalq milliy cholg‘ulari” guruhi ijrosidagi chiqishlar barchaga iliq kayfiyat ulashdi.

Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech