SUN’IY INTELLEKT VA TA’LIM: MUHOKAMALAR SHO‘BALARDA DAVOM ETDI

23 Aprel, 2026 2

Samarqand viloyati pedagogik mahorat markazida “Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitishda raqamlashtirish va sun’iy intellektdan foydalanish” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
 Bugun o‘tkazilgan anjumanda pedagoglar, soha mutaxassislari va ilmiy izlanuvchilar ishtirok etdi.
 Konferensiya doirasida: — zamonaviy ta’lim texnologiyalari
— sun’iy intellekt imkoniyatlari
— innovatsion yondashuvlar
keng muhokama qilindi.

 Muhokamalar sho‘ba yig‘ilishlarida davom etib, har bir yo‘nalish bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

 Tadbir Zoom platformasi orqali onlayn tashkil etilib, keng auditoriyani qamrab oldi.

 Ishtirokchilar o‘zaro tajriba almashib, ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan muhim g‘oyalarni ilgari surdilar.

Samarqand viloyati PMMni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech