Samarqand, Surxondaryo va Navoiy viloyatlari Pedagogik mahorat markazlari hamkorligida zamonaviy ta’lim metodikalariga bag‘ishlangan onlayn vebinar o‘tkazildi. Ushbu vebinarni Samarqand viloyati pedagogik mahorat markazi direktori o'rinbosari Jasur Abdurahmonov kirish so'zi bilan ochib berdi.
Mazkur vebinarda hududlardagi ilg‘or pedagoglar, metodistlar hamda ta’lim sohasi mutaxassislari ishtirok etib, o‘zaro tajriba almashdilar.
Samarqand viloyati pedagogik mahorat markazi "Aniq va tabiiy fanlar metodikasi" kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori Kadirov Tulkin Baxridinovich "Raqamli ta'lim resurslari (www.jeopardylabs.com) dan samarali foydalanish" mavzusida ma'ruza qildi.
Shuningdek, dars jarayoniga innovatsion yondashuvlar, yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etish masalalari muhokama qilindi.
Vebinar davomida ishtirokchilar uchun amaliy tavsiyalar berilib, samarali ta’limni tashkil etish bo‘yicha muhim fikrlar bildirildi.
Bunday hamkorlikdagi tadbirlar o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirishga xizmat qiladi.