Samarqandda KRK va KRS jarayonlari tanqidiy va tahliliy o‘rganildi

14 Mart, 2026 9

Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori Anvar Sobirov Samarqand shahridagi 16- va 41-maktablarda tashkil etilgan Kasbiy rivojlanish kuni (KRK) hamda Kasbiy rivojlanish soati (KRS) jarayonlarini kuzatdi.

Jarayon davomida ingliz tili fani o‘qituvchilari uchun zamonaviy ta’lim metodlari, dars samaradorligini oshirish hamda o‘quvchilarning til o‘rganish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan mashg‘ulotlar tashkil etildi.

Tadbir davomida o‘qituvchilar o‘zaro tajriba almashib, yangi metod va yondashuvlar bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirdilar. Bunday uchrashuvlar pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

 KRK va KRS jarayonlari — ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiluvchi muhim mexanizmlardan biridir.

Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech