Samarqand shahridagi tayanch 48-DMTT va 79-DMTTlarda “Metodik mahorat kuni” tadbirlari doirasida o‘rganish ishlari olib borildi. Unda tarbiyachilarning faoliyati, davomati hamda ta’lim sifati atroflicha tahlil qilindi.
Jarayon davomida mashg‘ulotlarning tashkil etilishi, metodik materiallardan samarali foydalanish, bolalar bilan ishlash usullari hamda pedagoglarning kasbiy mahorati o‘rganildi. Davomat ko‘rsatkichlari barqaror ekani, ta’lim jarayoni belgilangan talablar asosida yo‘lga qo‘yilgani aniqlandi.
Shu bilan birga, ayrim yo‘nalishlarda metodik ishlarni yanada takomillashtirish, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish hamda tarbiyachilarning malakasini oshirish zarurligi qayd etildi.
“Metodik mahorat kuni” tadbirlari maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifatini oshirish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish va pedagoglarning kasbiy rivojini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: