Samarqandda “Metodik marafon” doirasida mentor-o‘qituvchilar uchun Respublika seminar-treninglari o‘tkazildi

8 Yanvar, 2026 36

Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi hamda Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi hamkorligida “Metodik marafon” tadbiri doirasida viloyatdagi mentor-o‘qituvchilar uchun Respublika seminar-trening mashg‘ulotlari tashkil etildi.

Tadbirni Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori Anvar Sobirov kirish so‘zi bilan ochib berdi hamda mentor-o‘qituvchilar faoliyatini takomillashtirish, metodik qo‘llab-quvvatlashning bugungi kundagi dolzarb ahamiyati haqida atroflicha fikr bildirdi.

Seminar-trening mashg‘ulotlari davomida mentor-o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, zamonaviy pedagogik yondashuvlar va innovatsion metodikalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Interaktiv mashg‘ulotlar, tajriba almashish hamda amaliy topshiriqlar orqali ishtirokchilarning bilim va ko‘nikmalari mustahkamlandi.

Mazkur tadbir mentor-o‘qituvchilar tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilinib, ularning kelgusidagi kasbiy faoliyatida muhim amaliy ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech