Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavallud kuni munosabati bilan tonggi ma’naviy-ma’rifiy tadbir boʻlib oʻtdi.
Tadbir Tillarni oʻqitish metodikasi kafedrasi professor-oʻqituvchilari va tinglovchilar tomonidan tashkil etildi. Unda shoirning hayoti va ijodi yodga olinib, uning Vatanga boʻlgan cheksiz muhabbatini ifoda etuvchi she’rlar yangradi.
Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan sahna koʻrinishlari namoyish etilib, tadbirga oʻzgacha ruh va mazmun bagʻishladi. Bu chiqishlar orqali shoir ijodining teran ma’nosi yanada yorqinroq ifoda etildi.
Mazkur tadbir yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, buyuk ijodkorlarimiz merosini keng targʻib etishga xizmat qildi.
Samarqand viloyati PMMni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: