Samarqand viloyatida maktab o‘quvchilari o‘rtasida kitobxonlikni rivojlantirishga qaratilgan “O‘qish savodxonlari” tanlovi davom etmoqda.
Tanlov jarayonlari Urgut, Pastdarg‘om, Jomboy hamda Kattaqo‘rg‘on tumanlaridagi maktablarda tashkil etilib, unda o‘quvchilar o‘qilgan matnni tushunish, tahlil qilish hamda mazmunini to‘g‘ri ifoda etish bo‘yicha o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyon etmoqda.
Tanlov yakunida eng faol va bilimdon ishtirokchilar munosib rag‘batlantiriladi.
Mazkur tashabbus yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, ularning tafakkuri va mustaqil fikrlash qobiliyatini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: