Samarqandda PIRLS tadqiqoti doirasida o‘qish savodxonligini baholash va rivojlantirish bo‘yicha seminar-treningga start berildi

15 Yanvar, 2026 39

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, A.Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti hamda Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi hamkorligida PIRLS xalqaro tadqiqoti doirasida seminar-treninglar tashkil etilmoqda.

Bugun Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida o‘qish savodxonligini baholash va rivojlantirish mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbirni viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i M. Hamdamov hamda Hududiy pedagogik mahorat markazi direktori A. Sobirov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Ular mamlakatimiz ta’lim tizimining xalqaro baholash dasturlaridagi ishtirokining ahamiyati, xususan, boshlang‘ich ta’lim sifatini oshirishda PIRLS tadqiqotining o‘rni haqida atroflicha so‘z yuritdilar.

Seminar-treningda hududiy pedagogik mahorat markazlari direktor o‘rinbosarlari hamda boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislardan iborat pedagoglar ishtirok etishmoqda.

Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech