Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida 2025-yil 17-oktabr kuni “BEHBUDIY O‘QISHLARI: JADIDLARNING ILMIY-PEDAGOGIK MEROSI” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
📍 Ushbu nufuzli anjumanni markaz direktori Anvar Sobirov kirish so‘zi bilan tantanali ravishda ochib berdi. U o‘z nutqida jadidlar ilmiy merosining hozirgi ta’lim tizimidagi ahamiyati, ayniqsa yosh avlodni ma’rifat asosida tarbiyalashdagi o‘rni haqida to‘xtaldi.
🎓 Konferensiya davomida yurtimizning turli hududlaridan yetib kelgan olimlar, tajribali pedagoglar va yosh tadqiqotchilar tomonidan jadidchilik harakati, uning tarixiy, ilmiy va tarbiyaviy ahamiyati yuzasidan ilmiy ma’ruzalar taqdim etilmoqda.
📲 Konferensiyaning asosiy voqealari va chiqishlari haqida xabardor bo‘lish uchun bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: