11–12 mart kunlari Samarqand shahridagi “Zilol Baxt” mehmonxonasida Samarqand, Buxoro va Navoiy viloyatlaridan tashrif buyurgan mentor o‘qituvchilar uchun “Sinfxonada baholash: o‘quvchilar natijalarini yaxshilash” mavzusida ikki kunlik seminar boshlandi.
➖ Mazkur seminar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda UNICEF xalqaro tashkiloti hamkorligida tashkil etilmoqda.
Seminar davomida ishtirokchilar baholash nazariyasi, samarali baholash strategiyalarini ishlab chiqish va amalga oshirish, samarali savollar tuzish, baholash ma’lumotlarini tahlil qilish hamda fikr-mulohaza berish amaliyotlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlaydilar.
Shuningdek, metakognitsiya, o‘zaro baholash va o‘zini baholash, shuningdek baholash bo‘yicha harakatlar rejasini ishlab chiqish masalalari ham muhokama qilinadi.
Seminarning ochilish marosimida Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori Anvar Sobirov ishtirok etib, seminar o‘qituvchilarning kasbiy rivoji va ta’lim sifatini oshirishda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.
✍️Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: